MASOFADAN TURIB O'Z KASBIY MAHORATINGIZNI OSHIRING
Xalq ta'lim muassasalaridagi oshpazlarning mahoratini oshirishning
zamonaviy usuli
Loyiha haqida
Respublikamizda yoshlar o'rtasida sog'lom ovqatlanish tarzini targ'ibot va tashviqot etish, bu borada mutaxassislarning doimiy malakalarini oshirib borishni taqozo etmoqda. Shuning uchun ushbu soha xodimlarini malakalarini oshirish, sohani sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, xalqaro andozalarni joriy etish eng dolzarb masalalardan biri bo'lib qolmoqda.
Shularni inobatga olgan holda O'zbekiston oshpazlar uyushmasi va O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'lim vazirligi bilan hamkorlikda Xalq ta'limi muassasalari oshpaz-xodimlarining mahoratini oshirish bo'yicha masofadan turib mahorat oshirish loyihasi tashkil etildi.
Bu loyihaning tashkil etilishi mahoratini oshirishni xohlagan har bir oshpaz-xodim uchun ko'plab imkoniyat va shart-sharoitlar yaratadi.

MAHORAT OSHIRISH QANDAY TARTIBDA AMALGA OSHIRILADI?
Bizga murojaat qilasiz va kerakli
hujjatlarni topshirasiz
Masofadan o'qish uchun maxsus saytimizga ulanasiz va o'qishni boshlaysiz
Mavzularni o'zlashtirib, savollarga javob berib, kerakli ballni to'plab bo'lganingizdan so'ng diplom bilan taqdirlanasiz

O'QUV JARAYONI
Mahoratingizni oshirish davomida siz maxsus kurslardan o'tishingiz kerak. O'quvchilarga qulay bo'lishi uchun o'quv kurslarini 2 xil shaklda tashkillashtirganmiz.
1. O'QUV MARKAZIGA KELIB O'QISH
Bunda o'quvchi kerakli xujjatlarni topshirib bo'lgandan keyin, O'zbekiston oshpazlar Uyushmasi qoshidagi Xalqaro o'zbek pazandachilik san'ati markazi yoki uning viloyatdagi filiallarida o'qishlari mumkin bo'ladi.
2. MASOFADAN O'QISH (ONLAYN)
O'quvchilarga yanayam qulaylik yaratish uchun va ularni ish joylaridan ajralmagan holda mahoratlarini oshirishni ta'minlash va kursni o'zlashitirshlari uchun onlayn o'qish imkoniyatlari ham yaratilingan.

MASOFADAN O'QISH AFZALLIKLARI
Qulaylik
O'zingizga qulay bo'lgan joyda, tezlikda va vaqtda o'qing. Buning uchun telefon yoki kompyuterning internetga ulanishi kifoya.
Vaqtning tejalishi
Kursdan o'tish uchun ma'lum joyga borishdagi va qatnashishdagi vaqtingizni bir necha barobarga qisqartiring.
Yo'l xarajatlari yo'qligi
Kursdan o'tish uchun boradigan transport va yo'l xarajatlaridan holi bo'ling.

Ob-havoning ahamiyatsizligi
Endi ob-havo haqida o'ylamang. Issiq kunda salqin joyda, sovuq kunda esa isskiq joyda turib o'z malakangizni oshiring.
Yuqori samaradorlik
Maxsus video darslar, kitoblar, audio materiallar va o'qituvchilar bilan qayta aloqada bo'lish orqali qisqa muddatda yuqori natijalarga erishasiz.
Takroriy ko'rish
O'tilgan mavzularni barchasi takroran ko'rishingiz va bu orqali o'z bilimlaringizni yanayam mustahkamlab olishingiz mumkin.

MASOFADAN TURIB O'QISH O'Z ICHIGA
NIMALARNI OLADI?
Video darslar
Tarqatma materiallar (pdf/pptx)
Audio darslar
O'qituvchi va o'quvchilar bilan yozishmalar
Nazorat savollari (test/ochiq savollar)
Video ma'ruzalar

MUTAXASSISLIK DIPLOMI BERADIGAN IMKONIYATLAR
MUTAXASSISLIGINGIZNI TASDIQLOVCHI DIPLOM ASOSIDA RASMIY ISH JOYIGA KIRISHINGIZ MUMKIN
KO'P YILLARDAN BERI FAOLIYAT YURITIB KELAYOTGAN MUTAXASSISLIKNI TASDIQLOVCHI HUJJATGA EGA BO'LASIZ
OLINGAN DIPLOM ORQALI 100 DAN ORTIQ DAVLATDA ISHLASHINGIZ MUMKIN

KURS DOIRASIDA O'TKAZILADIGAN IMTIHONLARDAN FOTOLAVHALAR
O'ZBEKISTON OSHPAZLAR UYUSHMASINING MADHIYASI
HAMKOR TASHKILOTLAR
KO'P BERILADIGAN SAVOLLAR
Masofadan turib o'qishning asosiy afzalligi nimada?
O'qish davomida xohlagan vaqtingizda va joyingizdan turib malakangizni oshirishingiz, transport xarajatlaridan holi bo'lishingiz va barcha darslarni qayta ko'rishingiz mumkin bo'ladi.
Masofadan turib o'qish uchun nima kerak bo'ladi?
Judayam oddiy, internetga ulangan yoki ulanishni iloji bo'lgan telefon, planshet yoki kompyuter kerak bo'ladi. Masofadan turib onlayn tarzda o'qish judayam sodda.
Men internetdan foydalanishni yaxshi bilmasam, nima bo'ladi?
Hech qanday qo'rqinchli joyi yo'q. Bu judayam oddiy jarayon. Sizdan kuchli bilim talab qilmaydi. Biz sizga barcha yo'riqnomalarni taqdim qilamiz va foydalanishni o'rgatamiz.
O'qish nechchi kun davom etadi?
O'qish 30 kun davom etadi. Lekin siz o'qish tugagandan keyin masofadan turib malakangizni qayta mustahkamlab tursangiz bo'ladi. Onlayn darslar uchun kirish imkoniyati sizda bir necha oy davomida saqlanib qolinadi.
Ushbu kursda o'qish uchun qancha internet trafigi(mb) kerak bo'ladi?
Agarda siz faqat 7 ta modulning o'zini bir marotaba o'qisangiz, sizga 1500 mb kerak bo'ladi. Modullarni takroriy o'qish uchun esa, sizga 2500-3000 mb atrofida internet to'plami kerak bo'ladi. Amaliy darslarni ham o'qish istagida bo'lsangiz sizga umumiy hisobda 4500-7000 mb internet to'plami kerak bo'ladi.
Masofadan o'qish qanday tartibda bo'ladi?
Masofadan turib onlayn tarzda o'qish bizni maxsus saytimiz orqali o'tkaziladi. Telefoningiz orqali internetdan foydalangan holda saytimizga kirasiz. Saytda darslar videodars shaklida joylangan bo'ladi. Shu videodarslarni ketma-ket ko'rib hamda videodarslar qo'shimcha tarzda beriladigan tarqatma materiallardan foydalangan holda mavzularni o'zlashirasiz.
BIZ BILAN BOG'LANISH
+99871 266-78-00
uz-chefs@mail.ru
Toshkent sh, Mirzo Ulug'bek tumani, Oltin tepa ko'chasi, 354-uy
Biz bilan bo'g'laning!
Biz bilan bog'lanish uchun!
+998712667800
Siz bilan bo'g'lanishimiz uchun ma'lumotlaringizni kiriting!
Made on
Tilda